» » Turkiya o‘z hududiga 3 mln suriyalik qochoqning 100 ming nafarini 2017-yil oxirigacha Suriyaga qaytarmoqchi

Turkiya o‘z hududiga 3 mln suriyalik qochoqning 100 ming nafarini 2017-yil oxirigacha Suriyaga qaytarmoqchi


2017-yil oxirigacha 100 ming nafar suriyalik qochoq Turkiyadan o‘z vataniga qaytishi mumkin. “Interfaks” xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha tegishli loyiha Turkiya oila va ijtimoiy siyosat vazirligi hamda BMTning Qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan.

Turkiyaning “Hurriyat” nashrining qayd etishicha, Turkiya armiyasi va muxolifatchi “Suriya ozodlik armiyasi” tomonidan 2016-yil avgustidan 2017-yil martiga qadar o‘tkazilgan “Frot qalqoni” operatsiyasi natijasida Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh 2 ming kvadrat kilometr hududi IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan ozod qilingan.

Shundan so‘ng, 70 mingga yaqin qochoq Turkiyadan Suriya shimoliga qaytgan edi.

Turkiyadagi vazirlik va BMT boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shma loyiha esa yana 100 ming nafar qochoqning Suriyadagi Al-Bob shahriga qaytishi uchun sharoit yaratishni maqsad qilgan. Xususan, shaharda oziq-ovqat do‘konlari, novvoyxonalar ochish, uni ichimlik suvi bilan ta’minlash, o‘quv muassasalari va shifoxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Suriyadagi 2011-yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushi oqibatida mamlakatning 3,5 millionga yaqin aholisi Turkiyaga qochib o‘tishga majbur bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют