» » BMT Myanmadan Bangladeshga o‘tgan qochoqlarga yordam ko‘rsatish uchun 7 mln dollar ajratdi

BMT Myanmadan Bangladeshga o‘tgan qochoqlarga yordam ko‘rsatish uchun 7 mln dollar ajratdi


BMT xavfsizlik kuchlari va musulmon roxinjalar o‘rtasida to‘qnashuvlar tinmayotgan Myanmaning Rakxayn shtatidan Bangladeshga o‘tib yashirinishga majbur bo‘lgan qochoqlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 7 million dollar ajratdi. Bu haqda BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Mazkur mablag‘ gumanitar sheriklarga operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish, jumladan, boshpana va oziq-ovqat berish, yordamimizga muhtoj shaxslar, xususan, ayollar va qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi”, — dedi BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, ikki hafta davomida Rakxayn shtatining 200 mingga yaqin aholisi Bangladesh chegarasini kesib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют