» » BMT Yamandagi gumanitar operatsiyalar uchun mamlakatlardan 2,1 milliard dollar so‘radi

BMT Yamandagi gumanitar operatsiyalar uchun mamlakatlardan 2,1 milliard dollar so‘radi


Yaman aholisining uchdan ikki qismi gumanitar yordamga muhtoj va BMT ochlik yoqasida turgan mamlakatdagi operatsiyalarni kengaytirishi uchun 2,1 milliard dollar zarur. Bu haqda 2-mart, payshanba kuni BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bugungi kunda 19 million kishi — mamlakat aholisining uchdan ikki qismi gumanitar yordam yoki himoyaga muhtoj. Bugun tongda yetti million yamanlik qayerdan yegulik topishni bilmadi, ular tirik qolishi uchun zudlik bilan oziq-ovqat zarur”, — dedi u Sanadagi matbuot anjumanida.

O’Brayenning so‘zlariga qaraganda, 500 mingga yaqin besh yoshdan kichik bola to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, har o‘n daqiqada mamlakatda bir nafar bola oldini olish mumkin bo‘lgan xastalikdan halok bo‘lmoqda.

Biz ko‘proq narsa qilishni istaymiz va bu qo‘limizdan keladi. Harakatlanish rejasiga egamiz. Inqirozga qarshi javob qaytarish bo‘yicha harakatlarimizni kuchaytirishga tayyormiz, biroq buning uchun 2,1 milliard dollar mablag‘ zarur.

Stiven O’Brayen, BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют