» » AQSh OAVlari Rossiyada yadro o‘qini tashuvchi raketalarning muvaffaqiyatsiz sinovlari haqida ma’lum qildi

AQSh OAVlari Rossiyada yadro o‘qini tashuvchi raketalarning muvaffaqiyatsiz sinovlari haqida ma’lum qildi


CNBC o‘zining AQSh razvedkasi ma’ruzasi bilan tanishib chiqqan manbalariga tayanib, Rossiya 2017-yilning noyabridan 2018-yilning fevraliga qadar yadro kuch qurilmasiga ega qanotli raketalar ishtirokida to‘rtta sinov o‘tkazganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, sinovlarning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Xususan, manbalar Rossiyaning yadro kuch qurilmasiga ega raketasi eng uzog‘i bilan ikki daqiqa uchgani, u 35 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tganidan keyin boshqaruvni yo‘qotib, qulab tushganini aytdi. Shuningdek, eng qisqa sinov to‘rt soniya davom etgan, bu sinovda raketa 8 kilometrga uchgan.

Shu bilan birga, ularning ta’kidlashicha, Rossiyaning yadro jangovar o‘qini tashishga qodir tovushdan tez uchadigan ushbu raketasi to‘rtta sinovdan ikkitasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. To‘rtinchi sinov 2018-yil yoziga belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют