» » Toshkentda Amir Temur xiyobonidan Zarafshon ko‘chasigacha hamda Sharof Rashidov prospektidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab transport harakati qayta yo‘lga qo‘yildi (video)

Toshkentda Amir Temur xiyobonidan Zarafshon ko‘chasigacha hamda Sharof Rashidov prospektidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab transport harakati qayta yo‘lga qo‘yildi (video)


Toshkentning Amir Temur xiyobonidan Zarafshon ko‘chasigacha, shuningdek, Sharof Rashidov prospektidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab transport harakati qayta yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

“Bundan 10—15 yil ilgari shaharning markazidagi ayrim ko‘chalar yopilgan, bu mutasaddi tashkilotlar tomonidan xavfsizlik nuqtai nazaridan deya izohlangan edi. Bu esa haydovchilar uchun ham, yo‘lovchilar uchun noqulayliklarni keltirib chiqargan edi”, — deyiladi reportajda.

Endilikda Amir Temur xiyobonidan Zarafshon ko‘chasigacha, shuningdek, Sharof Rashidov prospektidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha transport harakati uchun yo‘l ochildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Husniddin Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholisidan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar va takliflar o‘rganib chiqilgach, ushbu ikkita markaziy ko‘chani qayta ochishga qaror qilingan.

Ushbu yo‘llardan 22-maydan boshlab bemalol foydalanish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют