» » OAV Toshkentdagi Rashidov ko‘chasining uzilib qolgan bo‘lagi qayta tiklanishi haqida xabar tarqatdi. Shahar hokimligi bu xabarlarni tasdiqlamadi

OAV Toshkentdagi Rashidov ko‘chasining uzilib qolgan bo‘lagi qayta tiklanishi haqida xabar tarqatdi. Shahar hokimligi bu xabarlarni tasdiqlamadi


Toshkent shahar hokimligi Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Navoiy va Abdulla Qodiriy ko‘chalari oralig‘idagi — Mustaqillik maydonidan Markaz-4 va Markaz-5 dahalariga olib chiqadigan uzilib qolgan bo‘lagi ochilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Avvalroq bir qator nashrlarda ushbu hududning ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani xabar qilingan edi. Xabar berishlaricha, ko‘chaning o‘rnidagi paydo bo‘lgan bog‘dagi daraxtlarni ko‘chirish ishlari boshlangan.

Shahar hokimligidan ma’lum qilinishicha, Amir Temur shoh ko‘chasi va shaharning markaziy ko‘chalarida transportlar harakatini yengillashtirish maqsadida Rashidov ko‘chasining ushbu qismini ochish masalasi ko‘tarilgan, biroq hozircha bu borada hech qanday rasmiy hujjat qabul qilingan emas.

UZ24’ning qayd etishicha, shahar hokimligi bog‘dagi daraxtlarning kesilishi va ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatga biror izoh bermagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют