» » Gulistondagi Mustaqillik ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi

Gulistondagi Mustaqillik ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi


Guliston shahridagi Mustaqillik ko‘chasi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti sharafiga Islom Karimov ko‘chasi deb qayta nomlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, bu haqdagi xalq deputatlari Guliston shahar kengashi qarori 10-mart kuni qabul qilingan. Ko‘cha shaharning “Namuna”, “Sayqal” va “Shodlik” mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidan o‘tadi.

“Mutasaddi tashkilotlarga qayta nomlangan ko‘chaning nomini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, belgilangan tartibda zamonaviy ko‘rinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib, o‘rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilidi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют