» » Ostonadagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi mumkin

Ostonadagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi mumkin


Qozog‘istonning Ostona shahrida Islom Karimov nomli ko‘cha paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Kazinform” Ostona shahar tillarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tleugali Kishkashbayevga tayanib xabar berdi, deb yozadi UzDaily.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Ostonadagi ko‘chalardan birini O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlash masalasi bir haftadan keyin hal etiladi.

“Biz tashqi ishlar vazirligidan ikki mamlakat o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitim borasida xat oldik. Kabanbay batir va Turan ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 682 metrlik E-109 ko‘chasini O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga qayta nomlash taklif etilmoqda”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chani qayta nomlash haqidagi qaror shahar maslahati sessiyasida qabul qilinishi mumkin.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют