» » Quyi Chirchiqda o‘zboshimchalik bilan 6,5 gektar paxta maydonini haydab tashlagan fermerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Quyi Chirchiqda o‘zboshimchalik bilan 6,5 gektar paxta maydonini haydab tashlagan fermerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkent viloyati prokuratura organlari Quyi Chirchiq tumanidagi “Umarxon Yusufxon Agro Lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari Saydullayev X. o‘zboshimchalik bilan 6,5 gektar paxta maydonini haydab tashlab, bu yerda boshqa qishloq xo‘jaligi mahulotlarnini yetishtirishga qaror qilgani aniqlandi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Shuningdek, aniqlanishicha, “Rustam I.” chorvachilik xo‘jaligi rahbari Sharapov R. yem-xashak mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan 23 gektar yerni yolg‘on yo‘li bilan fuqarolarga sotib yuborgan.

Bundan tashqari, tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, “Mahkam Agro Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Ibrohimov M. noqonuniy ravishda paxta ekishga mo‘ljallangan 9 gektar yerni sotib yuborgan. Shu bilan birga, u yer uchun 9 million so‘m to‘lagan xaridorni mazkur hudud meva va sabzavotlarni yetishtirish uchun ajratilganiga ishontirgan.

Prokuratura dalillariga asosan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют