» » Saudiya Arabistonida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida 52 kishi jarohatlandi

Saudiya Arabistonida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida 52 kishi jarohatlandi


Saudiya Arabistonining Saudi aviakompaniyasiga tegishli Airbus 330 samolyotining favqulodda qo‘nishi 52 kishining yengil jarohat olishiga olib keldi. Samolyot Madina shahridan Bangladesh poytaxti Dakka shahriga parvoz qilayotgan edi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, parvoz vaqtida havo kemasining gidravlika tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Samolyot yo‘nalishni o‘zgartirishga va Jidda shahridagi qirol Abdul Aziz aeroportiga yo‘nalishga majbur bo‘lgan. Havo kemasi bir nechta urinishdan so‘ng old shassisini chiqarmasdan qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Yo‘lovchilar samolyotdan shishirma halokat trapi yordamida evakuatsiya qilingan. Bunda 52 nafar yo‘lovchi yengil jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 141 nafar yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют