» » Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab-internat direktori ishdan bo‘shatildi

Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab-internat direktori ishdan bo‘shatildi


Samarqand shahridagi 62-maktab-internat direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi O‘qituvchilarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash hamda majburiy mehnatga jalb etishga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyasi tomonidan Samarqand shahridagi 62-sonli maxsus maktab-internat direktori tomonidan pedagoglar obodonlashtirish, ko‘cha tozalash ishlariga jalb qilingani haqidagi xabar o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur maktab-internat direktori muassasa hovlisida ishchi-xodimlar ishtirokida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilganligi aniqlandi. Biroq rahbar obodonlashtirish ishlarini noto‘g‘ri targ‘ib qilgan, jamoada norozilik kayfiyatini uyg‘otgan va muassasada sog‘lom muhitni o‘rnatolmagan.

Komissiya tavsiyasi ko‘ra maktab-internat direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi komissiya maktab-internat jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan voqeani muhokama qildi va o‘qituvchilardan o‘z vazifalariga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab qilish ularning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют