» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ramazonda Qur’on tilovati va karamli bo‘lish haqida

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ramazonda Qur’on tilovati va karamli bo‘lish haqida


“Islom.uz” portali Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” kitobidan parcha keltirib o‘tdi.

1237. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: 

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam yaxshilik qilishda odamlarning eng saxiysi edilar. U zotning eng saxiy paytlari esa Ramazonda huzurlariga Jabroil kelganda bo‘lar edi. Jabroil alayhissalom Ramazon tamom bo‘lgunicha har kecha u zotning huzurlariga kelar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga Qur’onni arz qilar (o‘qib berar) edilar”.

Boshqa bir rivoyatda: 

“Bas, u bilan Qur’onni (bir-birlariga) o‘qib berishar edi. Shunda qachon Jabroil alayhissalom u zotning huzurlariga kelsa, esgan shamoldan ham saxiyroq bo‘lib ketar edilar”, deyilgan.

Ikki Shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1238. Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 

“Kim ro‘zadorni iftor qildirsa, unga uning ajricha ajr bo‘lur. Shu bilan birga, ro‘zadorning ajridan hech bir narsa kam bo‘lmas”, dedilar”.

Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar.

Sharh: Bu hadisi sharifda ro‘zador kishi uchun iftorlik berish ulkan savobli ish ekanligi ta’kidlanmoqda. Ro‘za tutgan odamga qancha savob berilsa, uning uchun iftorlik hozirlagan odamga ham shuncha savob berilishi bayon qilinmoqda. Unga ro‘zadorning savobidan olib berilmaydi, balki o‘zi uchun alohida savob beriladi.

Lekin bu o‘zi ro‘za tutmay, ro‘zadorga iftorlik tayyorlab bersa, ro‘za tutgan o‘rniga o‘tadi, degani emas. Ro‘za tutish har bir inson uchun farzdir. Har kim o‘z ro‘zasini o‘zi tutishi kerak. Boshqa hech narsa buning o‘rnini bosa olmaydi. Ro‘zadorga iftorlik berish esa xayr-ehson hisoblanadi, xolos. Buni qilgan odam mana shu amaliga yarasha savob oladi.

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kirdilar. U ul zotga taom taqdim qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam:

(Sen ham) yegin”, dedilar.

“Men ro‘zadorman”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Qachon ro‘zadorning oldida taom yeyilsa, to yeb bo‘lgunlaricha (yoki to‘ygunlaricha) farishtalar ro‘zadorga salovot aytib turadi”, dedilar”. 

Boshqa bir rivoyatda: 

“Qachon ro‘zadorning oldida og‘zi ochiqlar taom yesa, farishtalar unga salovot ayturlar”, deyilgan.

Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilgan.

Sharh: Ushbu hadisda nafl ro‘za haqida so‘z ketayotganligi shubhasiz. Musulmon inson nafl ro‘za tutgan bo‘lsa-yu, uning huzurida og‘zi ochiq kishilar taom yesa, u esa sabr qilib, ro‘zasini davom ettirsa, farishtalarning salovotiga erishar ekan. Bu nafl ro‘za tutib, uni ochib yubormay, oxirigacha yetkazadigan kishilar uchun ulkan bashoratdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют