» » Apple ketma-ket sakkizinchi marta dunyodagi eng qimmat brend deb tan olindi

Apple ketma-ket sakkizinchi marta dunyodagi eng qimmat brend deb tan olindi


Amerikaning Forbes versiyasiga ko‘ra, Apple brendi ketma-ket sakkizinchi marta dunyodagi eng qimmat brendlar reytingida birinchilikni egalladi. Jurnal uning qiymatini 182,8 milliard dollar deb baholadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘p demakdir, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Reytingdan ikkinchi pog‘onani 131,1 milliard dollar bilan Google brendi, uchinchi o‘rinni esa 104,9 milliard dollar bilan Microsoft brendi egalladi.

Shuningdek, ro‘yxatning dastlabki o‘ntaligidan Facebook (94,8 millard dollar), Amazon (70,9 milliard dollar), Coca-Cola (57,3 milliard dollar), Samsung (47,6 milliard dollar), Disney (47,5 milliard dollar), Toyota (44,7 milliard dollar) va AT&T (41,9 milliard dollar) joy olgan.

Joriy yilning fevral oyida Brand Finance konsalting kompaniyasi har yilgi eng qimmat brendlar reytingini e’lon qilgandi. Uning versiyasiga ko‘ra, Apple brendi 146,3 milliard dollar bilan 2-o‘rinni egallagan. Birinchi pog‘ona esa Amazon’ga (150,8 millard dollar) nasib etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют