» » Qarag‘andada sud qaroriga bo‘ysunmagan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarag‘andada sud qaroriga bo‘ysunmagan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati hududida uch kun ichida 500 nafardan ortiq xorijlik ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi “Kazinform”.

“Uch kun davomida o‘tkazilgan ‘Noqonuniy muhojir—2018’ tadbiri doirasida viloyat bo‘linmalari tomonidan 516 nafar chet ellik fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi”, — deyiladi Qarag‘anda viloyati Ichki ishlar departamenti xabarida.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga a’zo davlatlar hududida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish maqsadida “Noqonuniy muhojir—2018” tezkor-profilaktik harakati o‘tkazildi.

“Mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi sud qaroriga bo‘ysunmagan O‘zbekiston va Rossiya fuqarolariga nisbatan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deb ta’kidlanadi xabarda.

Xorijlik ishchi kuchini jalb qilish qoidalarini buzgan 21 nafar ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. 41 nafar xorijlik Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют