» » Qarag‘andada 18 nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikda saqlagan erkak qo‘lga olindi

Qarag‘andada 18 nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikda saqlagan erkak qo‘lga olindi


Qozog‘iston Respublikasi Kostanay viloyati IIDning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari odam savdosida gumonlangan, Qarag‘andada istiqomat qiluvchi 36 yoshli erakakni qo‘lga oldi. Tuman Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmatining ma’lum qilishicha, erkak 18 nafar O‘zbekiston fuqarosini aprel oyida beri qullikda ushlab turgan, deb xabar berdi BNews.

“O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida xususiy tashkilotga tegishli binolarning birida 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi. Politsiyachilarning aniqlashicha, ushbu fuqarolar joriy yilning aprelidan buyon xususiy tadbirkor qo‘lida noqonuniy ishlab kelgan. Erkak yolg‘on va tahdidlar orqali ularni tegirmonda ishlatgan. Gumonlanuvchi erkak jabrlanuvchilarning hujjatlarini olib qo‘yganligi va mehnatiga pul to‘lamaganligi sabab ular mamlakatdan chiqib keta olmagan”, — deydi Kostanay viloyati IID.

Viloyat politsiyasining aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari inson savdosi jabrdiydasi deb topilgani uchun immigratsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ular ayni vaqtda politsiya va jamoat tashkilotlari himoyasi ostida.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют