» » IUT talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadi

IUT talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadi


Janubiy Koreyadagi Inha universiteti tomonidan 2018-yilning 23-iyulidan 10-avgustiga qadar o‘tkaziladigan yozgi maktabda Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabalari ham ishtirok etadi, deb xabar beradi UzDaily.

O‘n nafar talaba Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida bepul ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Talabalar 2018-yilning fevral—aprel oylarida bo‘lib o‘tgan ichki tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan.

Yozgi maktab vaqtida talabalar “Koreys tili”, “Sharqiy Osiyoning siyosati hamda xalqaro munosabatlar”, “Koreya va uning madaniyati”, “Koreyada iqtisodiyot va biznes”, “Kelajakning yangi texnologiyasi” va shu kabi kurslarda ishtirok etadi.

Shuningdek, talabalar Janubiy Koreyadaning diqqatga sazovar madaniy va sayyohlik joylari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetida o‘tadigan yozgi maktabda to‘rtinchi marotaba ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют