» » Olimlar kabob yuzaga keltiradigan o‘lim xavfi haqida ogohlantirdi

Olimlar kabob yuzaga keltiradigan o‘lim xavfi haqida ogohlantirdi


Xitoylik olimlar ko‘mirda pishirilgan go‘shtning iste’mol qilinishi xavfi haqida ogohlantirdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘mir yonishi chog‘ida polisiklik aromatli uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Bu birikmalar sog‘lik uchun xavfli hamda o‘pka, siydik pufagi va teri saratonini rivojlantiruvchi genetik mutatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Olimlar o‘tkazgan tajribada ko‘ngillilardan ikki guruhga bo‘linishni so‘ralgan. Ishtirokchilar mangaldan turli uzoqlikda joylashgan holda go‘shtni ko‘mirda pishirgan. Ulardan ba’zilari tayyorlangan kabobni tanovul qilgan.

Kutilganidek, xavfli moddalarning katta qismi organizmga ovqat bilan kirgan.

Bundan tashqari, tajriba vaqtida ma’lum bo‘lishicha, polisiklik aromatli uglevodorodlarning ta’siri o‘pkaga nisbatan teri uchun xavfliroq bo‘lgan. Shu tariqa mangal yonida qisqa vaqt turish ham onkologik kasalliklar rivojiga olib kelishi mumkin.

Sog‘lik uchun xavfni kamaytirish maqsadida olimlar kabob pishirish vaqtida uzun yengli kiyim kiyishni tavsiya qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют