» » Adliya vaziri maktablardagi tilxatlar borasida: “Bolaning masjidga borish-bormasligini ota-onasi hal qiladi”

Adliya vaziri maktablardagi tilxatlar borasida: “Bolaning masjidga borish-bormasligini ota-onasi hal qiladi”


24-may kuni O‘zbekiston Adliya vazirligida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov OAV vakillari, jurnalist va blogerlar bilan muloqot o‘tkazdi, deb yozadi “Azon.uz”.

Vazirga maktablarda masjidga bormaslik haqida yozdirib olinadigan tilxatlar haqida quyidagicha savol berildi: “Ma’muriy buyruqbozlik tizimini tugatishimiz kerak. Har bir narsa qonun bo‘yicha bo‘lishi kerak, degan fikr bor. Lekin hozirgi kunda maktablarda bolalarni masjidga yubormayman ma’nosidagi tilxat yozdirib olinmoqda. Shaxsiy daxlsizlik huquqi bo‘yicha bu ish qanchalik to‘g‘ri?”

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bu savolga quyidagicha javob qaytardi.

“Tilxat degan narsaga kelsak, shaxsan o‘zim xodim bo‘lib ishlab yurganimda ham tilxat bermaganman. Tilxat bilan hech qanday yangi huquq ham kirmaydi yoki yangi majburiyat ham olinmaydi. Faqat agar siz fuqarolik munosabatiga kirib tilxat bersangiz, deylik, kimdandir qarz olib tilxat yozsangiz, buni sud tan oladi. Tilxatning ana shu shartnoma nuqtai nazaridan o‘rni bor.

Endi bu talab (bolalarning masjidga kirmasligi)ning o‘zi noto‘g‘ri. Bolalarga birinchi navbatda majburiy ta’lim-ku, shu masalada juda katta muammoga ega bo‘lganmiz. Kollejdagi davomat 70, 50, 30 foizni tashkil etgan. Buning oqibatida salbiy holatlar kelib chiqqan. Qanchalari chetga ketib qolgan. Shuning uchun pastdagi rahbarlar tilxat yoki boshqa bir nazorat qilish uchun o‘ylab topadigan narsalari. Tilxat bilan hech narsa hal bo‘lmaydi. Yozgi ta’til bo‘lishidan oldin tilxat yozdiriladi. Bunday tilxatlardan voz kechishimiz kerak. Jamiyatni qonun-qoida bilan tartibga solishimiz kerak. Shuning uchun bunday tilxatlarga qarshiman. Masjidga borish masalasiga kelsak, bu masalani bolaning ota-onasi hal qiladi.

Bu yerda majburiy ta’limni ham e’tiborga olish kerak. U darsga borishi, kerakli fanlarni o‘qishi kerak. Men ta’lim sifati bo‘yicha gapirmayapman. Bu ikkinchi masala. Lekin bugun bizning pozitsiyamiz, ota-ona sifatida ham aytib o‘tishim kerak. Mening ham bolalarim qiziqadi. Diniy masalalar bo‘yicha ham gaplashamiz. Ularga saboq beramiz.

Bu masalalarni ota-ona hal qiladi. Bu shu darajadagi munosabat deb o‘ylayman. Shuning uchun bu masalaga ana shunday yondashish kerak”, — deb aytdi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют