» » Kongo DRda qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi

Kongo DRda qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi


Kongo demokratik respublikasining shimolida qayiqning ag’darilib ketishi oqibatida 49 kishi cho‘kib ketdi, taxminan shuncha kishi omon qolgan. Bu haqda Janubiy Afrikaning EWN nashrga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Halokat yuz bergan Chuapa viloyatining vitse-gubernatori bergan ma’lumotlarga qaraganda, kit ovi bilan shug‘ullanadigan qayiq 23-may, chorshanba kuni cho‘kkan.

EWN ma’lumotiga ko‘ra, bunday halokatlar Kongoda yangilik emas. Aholining asosiy qismi uchun daryolar uzoq masofadagi manzillarga borishning yagona yo‘lidir. Halokatlarning sababi ko‘pincha haddan tashqari og‘ir yuk ortilgani, qayiqdan uzoq vaqt davomida foydalanib kelinganligi yoki xavfsizlik choralariga rioya etmaslik bilan bog‘liq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют