» » Bugun final: Ronaldu boshchiligidagi “Real Madrid” Saloh boshliq “Liverpul”ga qarshi

Bugun final: Ronaldu boshchiligidagi “Real Madrid” Saloh boshliq “Liverpul”ga qarshi


Bugun, 26-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsumi final bahsi bo‘lib o‘tadi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real Madrid” bugun ketma-ket uchinchi bor YChL kubogini qo‘lga kiritish uchun Yurgen Klopp shogirdlari “Liverpul”ga qarshi kurash olib boradi. Final bahsiga Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadioni mezbonlik qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 boshlanishi belgilangan. Bellashuv Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Final bahsini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya) bo‘ladi.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valyexo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kasemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalyos.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Darvozabonlar: Loris Karius, Simon Minole.

Himoyachilar: Nataniel Klayn, Trent Arnold, Virdjil van Deyk, Deyan Lovren, Ragnar Klavan, Alberto Moreno, Endryu Robertson, Nataniel Fillips.

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson, Jorjinyo Veynaldum, Jeyms Milner, Emre Jan, Adam Lallana, Rafael Kamacho, Kyortis Jons, Sadio Mane, Roberto Firmino.

Hujumchilar: Muhammad Saloh, Denni Ings, Dominik Solanke, Benjamin Vudbyorn.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Final uchrashuvi

26-may, shanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют