» » Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga 4 yil mobaynida 600 mln yevro kredit beradi

Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga 4 yil mobaynida 600 mln yevro kredit beradi


Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekiston hukumatiga 2018—2021-yillarda umumiy summasi 600 million yevroga teng kreditlar taqdim etadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Shu haftada Toshkent shahrida agentlik va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida ilk yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda 2018—2021-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

“AFD Yevroittifoq Investitsiya fondining Markaziy Osiyo davlatlari uchun grantlariga qo‘shimcha ravishda har yili 150 million yevro ajratishga tayyor. Mablag‘lar turizm, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti sohalari, gidroelektr stansiyalari qurish hamda Toshkent viloyati isitish tizimini modernizatsiya qilish loyihalariga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan”,— deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют