» » O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi har oyda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi har oyda o‘tkaziladi


O‘zbekistonda har oyda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi, har hafta esa “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” o‘tkaziladi. Bu hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida harakat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Sputnik.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonning barcha hududlarida doimiy ravishda har oy “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur aksiya yo‘llarda xavfsizlik masalasiga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, avtotransport vositalarisiz harakatlanish mumkin va zarurligini namoyish etishga qaratilgan.

Har haftaning juma kuni esa “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” o‘tkaziladi. Uning doirasida barcha vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmay rioya etilishi, yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha faol choralar ko‘riladi.

Qaror bilan O‘zbekistonda harakat xavfsizligini ta’minlashning 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror ilovasida O‘zbekiston hududida faoliyatini to‘xtatayotgan 74 ta yo‘l-patrul xizmati statsionar posti va patrul-post xizmati posti ro‘yxati keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют