» » O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi


Baxtiyor Umarov O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda, hukumatdagi manbaga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Baxtiyor Umarov bungacha innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining avvalgi rahbari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Aziz Abduhakimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘tgan hafta bosh vazirning o‘rinbosarlaridan biri — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Akmalov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют