» » Jizzaxda sel ofati bilan kurashish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Jizzaxda sel ofati bilan kurashish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi, deb yozadi “Xabar.uz” “Xalq so‘zi”ga tayanib.

Farmonga ko‘ra, harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun O‘razoliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li (vafotidan keyin) hamda Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari) “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Shoxruxbek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.

Nashr eslatishicha, Jizzax viloyatiga kuchli sel kelgan paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlar vakillari yuzaga kelgan noxush holatlarning oldini olish uchun jalb etilgan. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tarkibida 2014-yildan buyon shartnoma asosida ishlab kelgan O‘rozaliyev Shohruxbek Norjigit o‘g‘li ham sel kelayotganda uning yo‘lini to‘sish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют