» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari rahbarlari ikki davlat chegarasidagi hodisani muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari rahbarlari ikki davlat chegarasidagi hodisani muhokama qildi


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev Namangan viloyatining Zarkent qishlog‘ida Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi, polkovnik Ularbek Sharsheyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabar berdi.

Chegara idoralari rahbarlari chegara masalalari bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshirish, ilgari ikki davlat chegara idoralari rahbarlari tomonidan erishilgan qaror va kelishuvlarga qat’iy amal qilish ko‘zda tutilgan bayonnomani imzoladi.

Uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz chegarasida 7-aprel kuni yuz bergan hodisa muhokama qilindi.

Ikki respublika chegara delegatsiyalari Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Axsi tumani, Mamay qishlog‘iga keldi. Bu yerda chegara tumanlari rahbarlari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan birga voqea joyini ko‘zdan kechirdi.

Mamayda ro‘y bergan hodisani har tomonlama surishtirish uchun qo‘shma ishchi guruh tashkil etildi. Uning tarkibidan Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning sharqiy yo‘nalishdagi chegara vakillari, chegaraoldi tumanlar ma’muriyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va va kadastr xizmatlari rahbarlari o‘rin oldi.

Ma’lumot uchun, aprel oyining uchinchi o‘n kunligida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara vakillari apparatlarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda chegaradagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют