» » Qirg‘iziston fuqarosi o‘zbek-qirg‘iz chegarasida qo‘lga olinish chog‘ida yaralandi

Qirg‘iziston fuqarosi o‘zbek-qirg‘iz chegarasida qo‘lga olinish chog‘ida yaralandi


O‘zbekiston chegarachilarining ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan qirg‘izistonlik o‘q jarohati oldi, deb yozadi UZ24 Qirg‘iziston davlat chegara xizmatiga tayanib.

27-yanvar kuni Jalolobod viloyati Olabuka tumanidagi Ajek qishlog‘i fuqarosi davlat chegarasi yaqinida mayda shoxli mol boqayotib, O‘zbekiston hududiga o‘tib ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi chegara vakili ma’lum qilishicha, qirg‘izistonlik O‘zbekiston chegara naryadi tomonidan aniqlangan va qo‘lga olish chog‘ida O‘zbekiston hududidan Qirg‘iziston tomonga qochishga uringan.

Qonunbuzar ogohlantiruvchi chaqiriqlarni va talablarni e’tiborsiz qoldirgani uchun O‘zbekiston chegarachilari qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan, qorong‘i bo‘lgani tufayli esa chegara naryadi uning qaysi mamlakat fuqarosi ekanligini aniqlay olmagan.

Oqibatda Qirg‘iziston fuqarosi chap oyoq sonidan yaralandi. Qo‘lga olingach, u Namangan viloyati Chust tuman kasalxonasiga yotqizildi. Uning salomatligi ayni paytda qoniqarli deb baholanmoqda.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tekshiruv tugallangach va u sog‘ayib ketgach, Qirg‘iziston fuqarosini Qirg‘iziston tomoniga topshirish haqida qaror qabul qilingan. Bundan tashqari, tomonlarning har biri hodisa yuzasidan o‘z tekshiruvini o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют