» » O‘zbek—qirg‘iz chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo‘lga olindi

O‘zbek—qirg‘iz chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo‘lga olindi


O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qildi.

“27-mart kuni Ola-Buqa chegara otryadi chegarachilari Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jalolobod viloyatining Besh-Tosh qishlog‘ida Qirg‘izistonning 5 nafar fuqarosini qo‘lga oldi”, — deyiladi chegara xizmati xabarida.

Dastlab chegarachilar 12 millimetr kalibrli va TOZ-8 vintovkalari va patronlar bilan qurollangan ikki shaxsni to‘xtatgan. Ularda qurol olib yurish uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan. Qo‘lga olinganlar bu yerga baliq oviga kelganini bildirgan.

Bir soatdan so‘ng shu hududda Sarsilmaz vintovkasi bilan qurollangan va yonida o‘nlab patron bo‘lgan 3 kishidan iborat yana bir guruh qo‘lga olindi. Ular ov qilgani kelganini aytgan, biroq na o‘lja, na qurol hujjatlari bo‘lgan.

“Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng qo‘lga olingan shaxslar va ularning qurol-yarog‘lari Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlari ixtiyoriga topshirildi”, — deb ma’lum qildi chegara xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют