» » O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi “Rishton” chegara posti ochildi

O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasidagi “Rishton” chegara posti ochildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarufidagi “Rishton” chegara bojxona posti Farg‘ona viloyati Rishton tumani hamda Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani fuqarolari piyoda harakatlanishlari uchun 25-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab ochildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

DBQ matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, “Rishton” chegara bojxona posti hozircha faqat fuqarolar piyoda harakatlanishlari uchun ochiq. Post ish tartibi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-sentabr kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar post orqali kirishga 40 dan ortiq fuqaro harakatlangan.

Avvalroq, 6-sentabr kuni Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 20-sentabr kuni Namangan viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Kosonsoy” chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklangan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют