» » O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aloqalari va chegara masalalari muhokama qilindi

O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aloqalari va chegara masalalari muhokama qilindi


2–3-sentabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston ekspert guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo O‘zbekiston–Qirg‘iziston qo‘shma komissiyasi 8-majlisi (2017-yil 16-avgust, Bishkek) bayonnomasining “Chegara hududida hamkorlik to‘g‘risidagi” VI qismini ijro etish doirasida va savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarning o‘zaro safarlarini yengillashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim (2006-yil 3-oktabr) va davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi bitimning (2004-yil 24-iyul) bandlarini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi, chegara orqali alohida o‘tkazish punktlarini ochishga doir aniq masalalar muhokama qilindi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют