» » “Ummon” guruhi va Jasur Umirov “O‘zbekkonsert”  tomonidan ogohlantirildi

“Ummon” guruhi va Jasur Umirov “O‘zbekkonsert”  tomonidan ogohlantirildi


“Ummon” guruhi va xonanda Jasur Umirov kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilamasdan efirga berganligi uchun “O‘zbekkonsert”  tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim”, va xonanda Jasur Umirovning “Saypi” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi. Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi uchun xonanda Jasur Umirov va “Ummon” guruhi ogohlantiriladi. Agar, ushbu holat quyidagi san’atkorlarda qayta takrorlansa, ularga berilgan litsenziyalar muddatidan avval to‘xtatiladi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют