» » O‘zbekiston Kubogi. “Andijon”, “Bunyodkor”, “Mash’al” chorak finalga chiqdi, bugun “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” o‘ynaydi

O‘zbekiston Kubogi. “Andijon”, “Bunyodkor”, “Mash’al” chorak finalga chiqdi, bugun “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” o‘ynaydi


28-may, dushanba kuni O‘zbekiston Kubogida 1/8 final o‘yinlariga start berilgan edi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi poytaxtga ko‘chirilgan o‘yinda Oltiariqning “Iftixor” klubini qabul qilib, yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozongan holda chorak finalning dastlabki a’zosiga aylandi.

Kecha, 29-may sanasida yana uchta chorak finalchi aniqlandi.

“Orol” “Andijon” klublari juftligida vodiy jamoasining qo‘li baland keldi. “Bunyodkor” “So‘g‘diyona”ni o‘z uyida mehmon qilib, Mirjamol Qosimovning jarima zarbasidan urgan goli evaziga chorak finalga yo‘l oldi. “Mash’al” esa “Surxon”ga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozongan holda chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bugun nimchorak final doirasida 4 ta juftlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Qizilqum” — “Dinamo”, “Qo‘qon-1912” — “Neftchi”, AGMK — “Nasaf”, “Lokomotiv” — “Sherdor” uchrashuvlari orqali chorak finalning yana 4 ishtirokchisi nomiga aniqlik kiritib olinadi.

O‘zbekiston Kubogi

1/8 final bellashuvlari

28-may, dushanba

Gollar: 0:1 — 34 Jasur Hakimov. 0:2 — 48 Jasur Yaxshiboyev. 0:3 — 50 Jasur Yaxshiboyev. 0:4 — 54 Doston Ibrohimov. 0:5 — 73 Jasur Hakimov. 0:6 — 83 Doston Ibrohimv.

29-may, seshanba

Gollar: 0:1 — 74 Shahboz Jumaboyev. 0:2 — 90 Ildar Mamatkazin.

Gol: 1:0 — 10 Mirjamol Qosimov.

Gollar: 1:0 — 40 Sardor Rahmonov. 1:1 — 80 Timur Usmonov, 80 (1:1)

30-may, chorshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют