» » Toshkentda halqa metro yo‘li qurilishini moliyalashtirish summalari o‘zgartirildi

Toshkentda halqa metro yo‘li qurilishini moliyalashtirish summalari o‘zgartirildi


Toshkentda halqa metro yo‘li qurilishiga 422 million dollar sarflanadi, deb yozadi Spot Prezidentning ayrim hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi farmoniga tayanib.

Dastlab loyihaga 320,1 million dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan edi, ammo endi bu raqam 2017-yil oktabrdagi loyihada taklif qilinganidek, 422,3 million dollarga o‘zgartirildi.

Qurilishga ajratilishi rejalashtirilgan davlat budjeti mablag‘lari miqdori ham o‘zgardi — avval bu 25,3 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, endi 97,2 milliard so‘m (13,35 million dollar) bo‘ldi.

Dastlab loyihaga davlat budjetidan 159,8 million dollar markazlashgan investitsiyalarni yo‘naltirish rejalashtirilgan bo‘lsa, endi 208,4 million dollar yo‘naltirishga qaror qilindi.

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori 20 million dollardan 140 million dollargacha ko‘paytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют