» » AQSh Xitoy mahsulotlariga 25 foizli bojlarni joriy qiladi

AQSh Xitoy mahsulotlariga 25 foizli bojlarni joriy qiladi


AQSh o‘z bozoriga yetkazib beriladigan bir qator Xitoy mahsulotlariga 25 foizli boj joriy etilishini e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.

“AQSh Xitoydan import qilinadigan, sanoat uchun ahamiyatli bo‘lgan, shu jumladan, ‘Xitoyda tayyorlangan 2025’ dasturiga aloqador bo‘lgan texnologiyalardan iborat 50 milliard dollarlik mahsulotlarga 25 foizli tarif belgilaydi. Mahsulotlarning yakuniy ro‘yxati 15-iyungacha e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Vashington xitoylik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan “muayyan investitsiyaviy cheklovlar”ni joriy qilish va eksport nazoratini kuchaytirish niyatida. Cheklovlar ro‘yxatlari va nazorat vositalari 30-iyungacha e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют