WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xitoy AQShning 100 dan ortiq nomdagi mahsulotlariga 25 foizli boj qo‘llashni rejalashtirmoqda
Xitoy AQShning 100 dan ortiq nomdagi mahsulotlariga 25 foizli boj qo‘llashni rejalashtirmoqda
Xitoy AQSh tomonidan mahsulotlariga boj joriy etish rejasiga javoban bunga mutanosib tarzda javob choralarini ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.
25 foizli boj qo‘llash mo‘ljallangan mahsulotlari ro‘yxati 4-aprel kuni e’lon qilindi. Unga AQShdan import qilinadigan 14 toifaga mansub 106 nomdagi tovarlar kirdi.
Jumladan, ular sirasiga soya dukkaklilari, avtomobillar, havo kemalari va kimyo sanoati mahsulotlari kiradi.
Ushbu ro‘yxatdagi tovarlarning Xitoyga importi hajmi 50 milliard dollar baholanmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?