» » Xitoy AQSh bojlariga javob choralarini tayyorladi

Xitoy AQSh bojlariga javob choralarini tayyorladi


Xitoy savdo-sotiq vazirligi 23-mart, juma kuni o‘z saytida AQShdan import qilinadigan 128 ta mahsulot ro‘yxatini chop etdi. Amerika tomonidan po‘lat va alyuminiyga nisbatan boj joriy etilishiga javob chorasi sifatida mazkur mahsulotlarga bojlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

2017-yil statistikasiga ko‘ra, soliq solinadigan tovarlar ro‘yxati AQShga uch milliard dollar keltirganligi ta’kidlanmoqda.

Birinchi bosqichda AQShdan mevalar, quruq mevalar, uzum vinolari, yong‘oqlar, jenshen, choksiz po‘lat quvurlar va ba’zi boshqa mahsulotlar importiga bojlarni 15 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Ro‘yxatga 2017-yilda importi 977 million dollarga yetgan jami 120 nomlanishdagi tovar kiritilgan.

Ikkinchi bosqichda sakkiz turdagi tovar, jumladan, cho‘chqa, undan ishlangan mahsulotlar, qayta ishlangan alyuminiy importiga bojlar 25 foizga oshishi mumkin. Ularning Xitoyga importi AQShga 1,992 milliard dollar keltirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют