» » NYT: Tramp Shimoliy Koreyani “yo‘lga solmagan” Xitoyga qarshi savdo urushiga hozirlik ko‘rmoqda

NYT: Tramp Shimoliy Koreyani “yo‘lga solmagan” Xitoyga qarshi savdo urushiga hozirlik ko‘rmoqda


AQSh ma’muriyati intellektual mulk huquqlari buzilgani va Amerika kompaniyalari faoliyati Xitoy hududida cheklangani uchun rasmiy Pekinga qarshi qator choralar tayyorladi.

Xitoy tomoni Shimoliy Koreyani “yo‘lga solmagani”dan hafsalasi pir bo‘lgan prezident Donald Tramp Pekin bilan munosabatlarni mustahkamlash fikridan qaytdi, deya The New York Times’ga asoslangan holda xabar bermoqda “TASS”.

Xabar berishlaricha, Oq uyning bu boradagi bayonoti yaqin kunlarda e’lon qilinadi. Savdo muzokaralaridagi AQSh vakiliga Xitoy rasmiylari Amerika kompaniyalariga nisbatan qo‘llayotgan uslublarni ko‘rib chiqish topshiriladi. Bu tekshiruv bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.

Ularning yakuni bo‘yicha Tramp ma’muriyati AQShda Xitoy mahsulotlari va xizmatlari importiga bojlarni keskin oshirish, Xitoy kompaniyalarini litsenziyadan mahrum etish va boshqa qarshi choralarni amalga oshirishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...