» » Tramp: Xitoy yordam bermagan taqdirda Shimoliy Koreya muammosini o‘zimiz hal etamiz

Tramp: Xitoy yordam bermagan taqdirda Shimoliy Koreya muammosini o‘zimiz hal etamiz


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy Pxenyanga bosimni kuchaytirmagan taqdirda Shimoliy Koreya yadroviy tahdidini bartaraf etishga qaratilgan bir tomonlama harakatlarni amalga oshirishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. 

“Xitoy Shimoliy Koreyaga katta ta’sir kuchiga ega. Shu sababli yo Xitoy KXDR masalasida bizga yordam beradi yoki yo‘q. Agar ular bunga rozi bo‘lsa, bu Pekin uchun juda yaxshi, aks holda hech kimga yaxshi bo‘lmaydi. Xitoy Shimoliy Koreya muammosini hal etishni istamasa, buni o‘zimiz amalga oshiramiz”, — deya ma’lum qildi Tramp Financial Times nashriga bergan intervyusida. 

Ma’lumot uchun, 6-7-aprel kunlari Xitoy rahbari Si Szinpin AQShga tashrif buyurishi va Donald Tramp bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют