» » Tramp KXDR bilan bog‘liq vaziyat va Xitoy bilan munosabatlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Tramp KXDR bilan bog‘liq vaziyat va Xitoy bilan munosabatlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 19-mart, yakshanba kuni KXDR bilan bog‘liq vaziyat va Xitoy bilan munosabatlarni muhokama qilish uchun tashqi siyosat va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Tramp Shimoliy Koreya va Xitoyga bog‘liq uchrashuvlar o‘tkazganligi ma’lum qilinmoqda. Shu bilan bir paytda Oq uy uchrashuv tafsilotlari haqida xabar bermadi.

Tramp dam olish kunlarini Palm-Bichdagi (Florida shtati) “Mar-a-Lago” qarorgohida o‘tkazdi. Vashingtonga esa 19-mart, yakshanba kuni kechqurun qaytdi. Palm-Bichni tark etishdan avval Tramp Pxenyanning KXDR raketa va yadro dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi harakatlarini tanqid ostiga oldi.

“Shimoliy Koreya bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U (KXDR yetakchisi Kim Chen In) juda, juda yomon ish tutmoqda”, — dedi Tramp.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют