» » Oq uy: Pompeo Nyu-Yorkda KXDR vakili bilan uchrashadi

Oq uy: Pompeo Nyu-Yorkda KXDR vakili bilan uchrashadi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Nyu-Yorkda Shimoliy koreyalik oliy martabali amaldor Kim Yon Chxol bilan ko‘rishadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Markaziy qo‘mita raisining o‘rinbosari Kim Yon Chxol Nyu-Yorkka yo‘l olmoqda, u AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashadi”, — deyiladi xabarda.

Biroq Oq uy Pompeo va KXDR vakilining uchrashuvi aynan qaysi sanada bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmagan.

Ta’kidlanishicha, AQSh amalga oshiriladigan mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi 18 yildan beri sodir bo‘lgan eng muhim hodisalardan biri hisoblanadi. 2000-yilda KXDR vitse-marshali Cho Men Rok Vashingtonda AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton bilan ko‘rishgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют