» » O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti shu yildan boshlab abituriyentlarni qabul qiladi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti shu yildan boshlab abituriyentlarni qabul qiladi


Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Oliy o‘quv yurti bakalavriatida 4 ta: jurnalistika (bosma OAV, teleradio, internet, xalqaro va sport jurnalistikasi), axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, mediadizayn, mediamarketing va reklama yo‘nalishlari bo‘ladi.

100 o‘rindan 31 tasi grant, 69 tasi to‘lov-kontrakt asosida.

Magistraturada 7 ta: jurnalistika (bosma OAV, siyosiy-huquqiy va internet jurnalistika), oliy jurnalistika kurslari, xalqaro jurnalistika, noshirlik ishi va muharrirlik, axborot xizmatlari texnologiyalari, televideniye va radioeshittirish, mediamenejment yo‘nalishlari bo‘ladi.

30 o‘rindan 8 tasi grant, 22 tasi to‘lov-kontrakt asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют