» » O‘zbekistonda jurnalistlarni tayyorlashda Hindiston tajribasidan foydalaniladi  

O‘zbekistonda jurnalistlarni tayyorlashda Hindiston tajribasidan foydalaniladi  


15-yanvar kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti vakillari Hindiston ommaviy kommunikatsiya institutiga (Indian Institute of Mass Communication – IIMC) tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Safardan ko‘zlangan maqsad jurnalistika sohasida Hindistonda yetakchi oliy ta’lim muassasasi – ommaviy kommunikatsiya instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

Uchrashuvlarda tomonlar talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va shu kabi foydali hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi.

Safar davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda jurnalistika ta’limi sohasida xorijiy tajribani o‘rganish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yosh jurnalistlarning chet tillarini mukammal o‘rganish masalalariga alohida to‘xtalgan edi.

Ma’lumot uchun, Hindiston ommaviy kommunikatsiya instituti (Indian Institute of Mass Communication – IIMC) 1965-yil 17-avgust kuni tashkil etilgan. Uning tashabbuskori Hindiston axborot va teleradioeshittirishlar vazirligining o‘sha kezlardagi vaziri Indira Gandi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют