» » Turkiyada samolyotdan yiqilib tushgan britaniyalik fuqaro vafot etdi

Turkiyada samolyotdan yiqilib tushgan britaniyalik fuqaro vafot etdi


Turkiyaning Dalaman aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagiga yiqilib tushgan 30 yoshli britaniyalik fuqaro vafot etdi, deb xabar beradi “RBK”.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

“Biz marhum britaniyalikning oila a’zolari va Turkiya hukumati bilan aloqadamiz”, — deydi Britaniya TIV vakili.

Baxtsiz hodisa 30-may kuni soat 03:00 atrofida samolyot uchishga tayyorlanayotgan paytda yuz berdi. Britaniyalik Endryu Pol uch kun avval uchib ketishi kerak edi, biroq chiptasini yo‘qotib qo‘ygani uchun o‘sha kundan beri aeroportda qolayotgan edi. Ekipaj va Pol o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Uning sabablari hozircha ma’lum emas. Erkak samolyot eshigini mahkam ushlab olgan, so‘ngra 15 metr balandlikdan uchish-qo‘nish yo‘lagining beton qoplamasi ustiga yiqilib tushgan.

Hushsiz holda bo‘lgan britaniyalikni shifoxonaga olib ketishgan. Unga qovurg‘a sinishi tashxisi qo‘yilgan. Britaniyalik hushiga kelmay vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют