» » Olimlar uyqudan oldin gadjetlardan foydalanish salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Olimlar uyqudan oldin gadjetlardan foydalanish salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi


Garvard universiteti xodimlari boshchiligidagi olimlar guruhining aniqlashicha, kechki paytda kompyuter va gadjetlardan haddan ortiq ko‘p foydalanish uyqu va organizmning sutkalik ritmlarini buzadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ushbu tadqiqot natijalari Physiological Reports sahifalarida e’lon qilindi.

Mutaxassislar tajriba ishtirokchilariga uyqudan oldin besh soat uzluksiz kompyuter qarshisida o‘tirishni yoki kitob, gazeta hamda jurnallar o‘qishni tavsiya qildi.

Tadqiqotda 22 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar ishtirok etdi.

Tajriba natijalariga ko‘ra, uyqu oldidan kompyuter, telefon, planshet kabi o‘zidan nur taratadigan gadjetlardan foydalanish uxlab qolish tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, aniqlanishicha, gadjetlardan foydalanish uyqu davri va bedorlikka mas’ul melatonin gormoni ishlab chiqishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

“Tadqiqot natijasida aniqlanishicha, o‘zidan nur taratuvchi elektron qurilmalar organizmga biologik ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi tadqiqotchilardan biri Janna Daffri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют