» » O‘zbekistonga Eron delegatsiyalari tashrif buyurdi

O‘zbekistonga Eron delegatsiyalari tashrif buyurdi


2018-yilning 30-may kuni O‘zbekistonga Eronning Yo‘llar va shaharsozlik vaziri Abbos Oxundiy boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb yozadi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif dasturidan hukumatda, tashqi savdo, qurilish vazirliklari, “O‘zavtotrans” agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Delegatsiya Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.

Shu kunning o‘zida Toshkentga Eronning Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ali Akbar Mehrfard boshchiligidagi delegatsiya ham keldi.

Eron delegatsiyasi agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning Uzbekistan Agrotech Expo – 2018 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining Uzbekistan Agromash Expo – 2018 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etadi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent viloyatidagi qator xo‘jaliklarda bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют