» » Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin boshqargan Ravshan Ermatov Rossiya—2018 ga borish uchun da’vogar

Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin boshqargan Ravshan Ermatov Rossiya—2018 ga borish uchun da’vogar


O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga ham tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA Rossiya—2018 mundialida ishlashi mumkin bo‘lgan 53 nafar hakam nomini e’lon qilgan va ular orasiga O‘zbekistondan Ravshan Ermatovni ham qo‘shib qo‘ygan.

Shu yilning 3—7-aprel kunlari tanlab olingan hakamlar Italiyaning Florensiya shahriga tashrif buyuradi va FIFA seminarida ishtirok etadi. Ular orasida Ravshan Ermatovdan tashqari Ryuji Sato (Yaponiya), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Mark Klattenburg (Angliya), Feliks Brix (Germaniya), Juneyt Chaqir (Turkiya), Sergey Karasyov (Rossiya) kabi o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun tanish bo‘lgan hakamlar ham bor.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov JAR—2010 va Braziliya—2014 doirasidagi jami 9 ta o‘yinda ishlagan. Bu borada hech bir referi o‘yinlar soni bo‘yicha Ermatovning rekordini takrorlamagan.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 14:45)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют