» » Pavel Durov texnologiya o‘g‘irlaganlikda ayblandi

Pavel Durov texnologiya o‘g‘irlaganlikda ayblandi


“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov texnologiya o‘g‘irlaganlikda ayblandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabar berilishicha, nomi oshkor qilinmagan kompaniya Durovni sudga bergan. Hujjatga ko‘ra, ommaviy messenjer asoschisi xususiy uchrashuv vaqtida unga ko‘rsatilgan begona texnologiyani o‘zlashtirib olgan.

Ish messenjer jamoasi tomonidan may oyida e’lon qilingan Telegram Passport xizmatiga taalluqli. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, ularning ishlanmasi to‘liq o‘zlashtirilgan.

Bunda da’vo messenjer jamoasiga emas, bevosita Pavel Durovga yo‘naltirilgan. Bu texnologiyaning o‘g‘irlanishi haqida qarorni bevosita platforma asoschisi qabul qilgani bilan dalillangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют