» » SoftBank fondi General Motors robomobillariga 2,25 milliard dollar sarmoya tikadi

SoftBank fondi General Motors robomobillariga 2,25 milliard dollar sarmoya tikadi


General Motors korxonasi Cruise o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasiga yirik sarmoyalar jalb qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda 3dnews xabar berdi.

SoftBank Vision Fund fondi GM’ning Cruise Holdings LLC bo‘linmasiga 2,25 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritadi. GM korxonasining o‘zi qo‘shimcha ravishda 1,1 millaird AQSh dollari sarflashni rejalashtirgan. GM va SoftBank Vision Fund tomonidan kiritiladigan sarmoyalar natijasida 2019-yili Cruise’ning butunlay tijoriylashishi kutilmoqda.

SoftBank Vision Fund tomonidan kiritiladigan sarmoyalar 2 ta transhda (sarmoyaning muayyan qismi) amalga oshiriladi. Birinchi transh 900 million AQSh dollariga teng bo‘lib, Cruise robomobillarining ommaviy sotuvi yo‘lga qo‘yilgandan keyin fond 1,35 milliard AQSh dollari miqdoridagi ikkinchi transhni amalga oshiradi. Kiritgan sarmoyalari natijasida SoftBank Vision Fund fondi Cruise’ning 19,6 foiz tashkiliy kapitalini qo‘lga kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют