» » Qirg‘izistondagi avariyada Missis World unvoni sohibasi Saniya Shokirova halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi avariyada Missis World unvoni sohibasi Saniya Shokirova halok bo‘ldi


Missis World unvoni sohibasi qirg‘izistonlik Saniya Shokirova Issiqko‘l viloyatidagi avariyada halok bo‘ldi. Bu haqda teleboshlovchi Assol Moldomoktova ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.

2-iyun kuni soat taxminan 21.00 da Ravon Nexia R3 mashinasini boshqargan taksi haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay yo‘ldan chiqib ketdi va to‘siqqa borib urildi. Saniya Shokirova shu avtomobilda bo‘lgandi.

“Betakror ayol, mehribon ona, ajoyib dugona...U uch nafar bola bilan qolgan, biroq muammolar qarshisida chekinmagandi. Harakat qildi, yuzidan tabassum arimadi va Moskvadagi go‘zallik saloniga ishga joylashdi. Saniya mamlakat sharafini munosib himoya qildi. Uni g‘olib sifatida e’lon qilishganida juda baxtli edi, boshidagi tojni uzoq vaqtgacha olmagandi”, — deya xotirladi Assol Moldomoktova.

Eslatib o‘tamiz, Vyetnamning Nyachang Kamran shahrida 28-mart—4-aprel kunlari Miss Universe Beauty xalqaro go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Modelyer Pyer Karden patronaji ostida o‘tkazilgan tadbirda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan tanlov va festivallar g‘oliblari qatnashdi. Unda Qirg‘iziston nomidan 30 yoshli Saniya Shokirova ishtirok etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют