» » Toshkentda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli Yosinxon qori qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 17 yoshli Yosinxon qori qidirilmoqda


Andijonlik Abdulbosit qorining o‘g‘li Yosinxon qori 2018-yil 27-may kuni tong sahar Chilonzor 5-mavzeda yashab turgan uyidan chiqib ketgani holda qaytib kelmagan. Bu haqdagi ma’lumot Facebook’dagi “Oila.uz” guruhiga joylandi. Otasi Abdulbosit qorining aytishicha, o‘g‘li Toshkent transport kollejining birinchi kursida tahsil olgan.

Yosinxon qori 2001-yilda tavallud topgan bo‘lib, endi 17 yoshni to‘ldiradi. Bo‘yi 165—170 sm atrofida. Alohida belgilari yo‘q. Qoshi tekis, sochi qora. O‘zi oqishdan kelgan o‘spirin. Yo‘qolgan kuni egnida to‘q ko‘k tusli futbolka, to‘q ko‘k rangda triko bo‘lgan. Oyog‘ida usti qora, tagi oq bo‘lgan matoli poyabzal kiygan.

“Abdulbosit qorining aytishicha, u rafiqasini farzandi Andijonga ketgan bo‘lishini gumon qilib, o‘sha yoqqa yuborgan. Biroq u yerdagi tanishlari, yaqinlarining hech birining uyida Yosinxon qori bo‘lmagan.

Abdulbosit qori 29-may kuni Chilonzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ammo, hozircha, bu samara berayotgani yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Yigitni ko‘rganlar, qayerda ekanini bilganlar bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan:

+998903207557

+998905442400

+998905441800



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют