» » Megan Markl Keyt Middlton va shahzoda Uilyamga ta’zim qilishni o‘rganmoqda

Megan Markl Keyt Middlton va shahzoda Uilyamga ta’zim qilishni o‘rganmoqda


Buyuk Britaniya shahzodasi Garrining rafiqasi Megan Markl to‘ydan keyin qirollik oilasiga xos bo‘lgan odob-axloq qoidalarini o‘rganishga jalb qilindi, deb yozadi “Nur.kz”.

Chunonchi, yaqinda olgan gersoglik unvoniga qaramay, Megan Keyt Middlton bilan yuzma-yuz kelgan paytda unga ta’zim berishga majbur bo‘lmoqda. Meganning qaynog‘asi — shahzoda Uilyam taxtga navbatda ikkinchi bo‘lib turgan bo‘lg‘usi qirol bo‘lgani sababli, qiz unga va uning rafiqasi Keyt Middltonga ta’zim qilishi shart.

Ammo qirollik oilasida ko‘p yillar xizmat qilib kelayotgan bosh qarolning aytishicha, bunday rasmiyatchilik Keyt va Meganning iliq munosabatlariga xalal berayotgani yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markl Middltonga ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ular omma oldiga birgalikda chiqqan vaqtida o‘zlarini erkin his qilib, hazillashadi va tabassum qiladi.

Shuningdek, adob-axloq qoidalariga ko‘ra, Keyt va Meganning ikkalasi ham Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, shahzoda Filipp, shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla Parker-Boulz qarshisida ta’zim bajo keltirishi shart.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют